Chust tumanida sel vaqtida 16 va 14 yoshli qizlarni uy devori bosib qoldi. Ularning kichigi voqea joyida halok bo‘ldi, kattasi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Baxtiyorjon Salimjonov Chust tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Bekzod Hamdamov yo‘l qo‘ygan “xato va kamchiliklari” uchun ishdan olindi.
Namangan viloyatida 2 kun davomida 450 nafar bolaning sog‘lig‘i yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 306 nafari Chust tumaniga to‘g‘ri keladi, dedi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova. Uning qayd etishicha, bolalarning sog‘lig‘i yomonlashishiga zaharlanish emas, ORVI sabab bo‘lishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova Chust tumanidagi bolalar dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanmaganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, 85 foiz bolaning sog‘lig‘i joyida, uylariga qaytishga birin-ketin ruxsat berilmoqda.
Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlanganidan so‘ng O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganishlar yakuniga yetguniga qadar tarkibida yod bo‘lgan “Antistrumin” №100 mahalliy dori vositasidan foydalanishga taqiq joriy etildi.
Namangan viloyati Chust tumanidagi 9 ta bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari va 2 ta maktab o‘quvchilari — 70 dan ortiq bola zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizildi. Rasmiy idoralar ular aynan nimadan zaharlanganiga aniqlik kiritmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu yod preparatidan bo‘lishi mumkinligi yozilmoqda.
Chust tuman hokimligining uchta avtomobili OAVdagi maqolalardan so‘ng yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘planib qolgani sababli jarima maydonchasiga qo‘yildi. Jami 42 ta bayonnoma tuzilgan bo‘lib, jarimalarning umumiy qiymati 20,7 mln so‘mni tashkil etadi. Ayrim qoidabuzarliklar 2018 yilda sodir etilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting